Özbekistondagi yirik kimyo zavodi – «Navoiyazot» AJ tez kunlarda Xitoyning «Çemçina» kompaniyasi bilan birgalikda qöşma korxona taşkil etadi. Bu haqda nuz.uz xabar bergan.

Saytning rasmiy manbalarga tayanib xabar berişiça, Navoiydagi kimyo zavodi xorijiy investorlar iştirokida qöşma korxona taşkil etilişi közda tutilgan yirik korxonalar röyxatiga kirgan.

2016 yil avvalida Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi «Navoiyazot» AJ bazasida qiymati 439,8 mln dollarni taşkil etuvçi polivinilxlorid işlab çiqariş majmuasi quriş böyiça boş pudratçi maqomini olgandi.

Quriliş uçun 374 mln dollarlik kreditni Xitoyning Eksimbank banki «Asaka» bankiga ajratdi. Loyihada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol işlab çiqariş quvvatiga ega majmua quriş közda tutilgan.

Quriliş işlarini 2019 yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan. 

«Navoiyazot» 1964 yilda foydalanişga topşirilgan Özbekistondagi yirik kimyo zavodi hisoblanadi. Bu yerda azot öğitlari, nitron tolalari, hamda organik sintez işlab çiqariladi. 2015 yilning noyabrida ötkazilgan xalqaro investitsion forumda Yaponiyaning Mitsubishi va Marubeni kompaniyalari zavodning 49 foiz aksiyasini 200 mln dollarga sotib olişga qiziqiş bildirib, Özbekiston davlat raqobat qömitasi bilan «Navoiyazot» AJni xususiylaştirişda qatnaşiş böyiça memorandum imzolagandi.

Korxona pasportida «Navoiazot» AJ ustav fondi 61,3 mlrd söm yoki 25,1 mln dollarga tengligi körsatilgan. Asosiy aksionerlar «Davlat aktivlarini boşqariş markazi» (52,92 foiz) hamda «Özkimyosanoat» (47,08 foiz). 

Korxona hududi 895,5 gektardan ortiq maydonni egallagan bölib, işlab çiqariş hududi 285 ga.

Korxonada 10 mingdan ortiq kişi mehnat qiladi.