AQŞning Jorjiya ştatida qurollangan talonçilar xususiy uyni tunaş maqsadiga erişa olmadi. Mamlakatda qurolga egalik qiliş huquqi mavjudligi ularning "suvdan quruq çiqişi"ga imkon bermadi.
Kuzatuv kamerasiga tuşirilgan video YouTube’da mahalliy Gwinnett Daily Post naşri tomonidan e'lon qilingan. Unda 3 kişi öğrilikka tuşgani, ammo ularni uy egasi haydab yuborganini köriş mumkin.
Ayol restoran egasi bölib, kamera örnatilgan xona ombor sifatida foydalanilgan. U jinoyatçilarni sezgani hamon ularga qarata öt oçgan, söng 911 raqamiga qönğiroq qilgan. Uyda undan taşqari bir erkak bölgan, u jarayon oxirida çiqib keladi. Talonçilardan biri keyinroq olingan jarohat oqibatida olamdan ötgan.











