Jorjiya apellyatsiya sudi 6 iyun, payşanbaga ötar keçasi uşbu ştatda 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilişga urinişda ayblanayotgan AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan sud jarayonini töxtatdi. Sud Trampning işi sudyalar hay’ati Fulton okrugi prokurori Fani Uillisni çetlaştiriş kerakmi yoki yöqmi, şu masala böyiça bir töxtamga kelgunça töxtatib turilişini ma’lum qildi. Sobiq prezidentning advokatlariga köra, Tramp ustidan tergov boşlagan va uni olib borişni maxsus prokuror Neytan Ueydga işonib topşirgan demokrat Uillis u bilan şaxsiy munosabatlarga ega, bu esa manfaatlar töqnaşuvi deganidir.
Sud 4 oktyabr kuni tomonlar uçun sud majlisini belgiladi, şuning uçun apellyatsiya böyiça qaror Donald Tramp joriy yilning noyabr oyiga rejalaştirilgan saylovlarda iştirok etganidan keyin qabul qilinişi kutilmoqda.
CNN: «Sobiq prezident uçun katta ğalaba»
CNN telekanalining ta’kidlaşiça, Jorjiya apellyatsiya sudining 5 iyundagi qarori «sobiq prezident uçun katta ğalaba, u keyingi huquqiy muammolarni töğridan töğri yengib çiqa olmasa, 2025 yilgaça keçiktirişga harakat qilmoqda».
Donald Trampning özi 5 iyun kuni keçqurun sud qarorini şarhlar ekan, may oyining oxirida u aktrisaga sukut saqlaş uçun pul tölaganlikda aybdor deb topilganiga qaramay, «işlari juda yaxşi» ketayotganini aytdi. «Bugun Jorjiyada katta voqea sodir böldi», deya qöşimça qildi u.
Trampdan taşqari, unga aloqador yana 18 kişi Jorjiyada 2020 yilgi saylovlarga aralaşişga urinişda ayblangan.













