AQŞ prezidentligi uçun saylovoldi tadbirlari doirasidagi ilk teledebat — respublikaçilar vakili Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton örtasida bölib ötdi. Debat çoğida Klinton raqibi özini barça muammolar uçun aybdor qilib körsatayotgani haqida gapirdi.

«Menda şunday hissiyot paydo böldiki, meni bugun barça ölimlarda va barça oğir gunohlarda ayblaşdi», — deya xitob qilgan Klinton.

Bunga esa Tramp şunday javob qaytargan: «Nega şunday bölmasligi kerak ekan?»

«Biz ideal siyosatçini tinglaymiz. Quruq sözlar, harakatlar esa yöq. Şundayiga yaxşi eşitiladi — işlanmayapti», — deya muhokamani davom ettirgan respublikaçilar vakili.

Bundan oldinroq Donald Tramp  Hillari Klinton IŞIDga qarşi rejasi haqida gapirib, terrorçilarni oldindan ogohlantiriş orqali ularga yordam körsatib qöyişini aytgani xabar qilingandi.