AQŞ prezideni lavozimiga nomzodlar - respublikaçi Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton örtasidagi ilk debatlar vaqtida tomonlar sönggi yarim yil içida Amerikaning turli idoralariga uyuştirilgan kiberhujumlar borasidagi fikrlari bilan almaşişdi. 

Hillari Klinton kiberhujumda Rossiyani aybladi va AQŞni bunday hujumlardan himoya qilişga va'da berdi. 

"Klinton hujumlarda doimo Rossiyani ayblaydi. Biroq buni isbotlaşning iloji yöq. Ehtimol, bu Xitoydir yo bölmasa şunçaki kompyuter qarşisida ötirgan 200 kilogrammli notaniş bir erkakdir", - dedi Tramp.

Bundan taşqari, Klinton öz raqibini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bölgan "muhabbati"da aybladi: "Tramp Putindan Amerika ma'lumotlar bazasini buzib kirişni söraganiga işongim kelmaydi!"