Prezidentlik uçun nomzodlar sözlarining haqiqiyligini aniqlaş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar Donald Tramp va Hillari Klintonning 26 sentabr kuni bölib ötgan telebahslarda köp sonli noaniqliklar va bevosita soxtakorliklarini qayd etişgan. 

Tramp va Klintonning bayonotlari jiddiy tahlildan ötkazilib, matbuot aksar hollarda Trampni xato sözlari uçun tanqid qilgan. 

Masalan, Tramp özining 2003 yilgi bayonotlariga zid ravişda, dastlab Iroqqa qarşi uruş bölganini ta'kidlagan. Bundan taşqari, milliarder respublikaçining sözlariga köra, Klinton "umri davomida IŞIDga qarşi kuraşgan". Aslida, IŞID dastlab "Al-Qoida" terrorçilik taşkilotining Iroqdagi şö'basi sifatida yöq qilingan, ammo keyinçalik, 2014 yilda Iroq va Suriyaning katta hududini egallab oliş bilan qayta paydo bölgan edi. Bu vaqtda esa, Klinton davlat kotibi lavozimini tark etgandi. 

Hillari Klinton ham öz navbatida, Rossiyani AQŞ Demokratik partiyasiga kiberxurujlarni amalga oşirişda aybladi. Ammo, alaloqibat, The New York Times naşrining qayd etişiça, AQŞ Rossiyani mazkur kiberbuzişlar uçun ayblamadi. Klinton yana, AQŞning mazkur sohadagi imkoniyatlari Rossiyanikiga qaraganda kengroq ekanini ta'kidlagan bölsa-da, fikriga bironta ham dalil keltirgani yöq. Donald Tramp, garçi AQŞ razvedka taşkilotlarining Rossiyani ayblovçi ma'lumotlari matbuotda çiqqaniga qaramay, Rossiyaning bu kabi hujumlardagi iştiroki isbotlanmaganini ta'kidladi. Aslida, amerikalik josuslar haqiqatdan bironta dalil keltirişgani yöq. 

Klinton xonimning uqdirişiça, Tramp iqlim özgarişlarini— "xitoyliklarning uydirmasi" deb hisoblaydi. Tramp esa, heç qaçon bunday demaganini ta'kidlagan. Biroq, Tramp 2012 yili Twitter sahifasida şunday degan edi: "Global iqlim özgarişi konsepsiyasi xitoyliklar tomonidan xitoyliklar uçun işlab çiqilgan bölib, AQŞdagi işlab çiqariş raqobatbardoşligini yöqqa çiqariş maqsadiga xizmat qiladi".

Va nihoyat, Trampning aytişiça, sönggi vaqtlarda Nyu Yorkdagi jinoyatçilik keskin oşgan. Klinton esa uning bu fikrini rad etib, AQŞning eng yirik şahridagi jinoyatçilik körsatkiçi kamayganini aytganida haq bölib çiqdi. Axir Klinton ham, Tramp ham Nyu-Yorkda istiqomat qiladi.