26 sentabr kuni Parijda Fransiya kontrrazvedkasining sobiq rahbari Bernar Skarsini qölga olindi. Bu haqda “Frans Press” agentligi xabar bermoqda.
Skarsinining qölga olinişi sabablariga oydinlik kiritilmagan. Aynan şu kuni Parij jinoyat politsiyasining sobiq rahbari Kristian Flaşning ham qölga olingani haqida xabar berilgan edi. Ularning har ikkisi ham mamlakatda Nikolya Sarkozi prezidentlik qilgan davrda öz mansablarida faoliyat yuritişgan.
Kuzatuvçilarning ma'lum qilişiça, kuç işlatar tuzilmalarning sobiq rahbarlari Sarkozining 2012 yilgi saylov kompaniyasiga aloqador moliyaviy iş böyiça qölga olingan bölişlari mumkin.











