Pentagon rahbari Eşton Karter Rossiya dunyoda yadroviy barqarorlikni saqlaş tamoyiliga amal qilmasligini va "Rossiya hamda Şimoliy Koreya AQŞga yadroviy xavf soladi", deb hisoblaşini aytdi. Karter bunday fikrni Şimoliy Dakota ştatida harbiylar bilan uçraşuvda bildirdi.
Uning aytişiça, AQŞ va uning NATOdagi ittifoqdoşlari Rossiyani NATO bilan ixtilofda yadroviy qurol işlatiş fikridan qaytariş uçun iş olib bormoqda. Uning ta'kidlaşiça, alyans bunday ixtiloflarni qidirmaydi, balki uni bartaraf etişga harakat qiladi.
Karterning ta'kidlaşiça, Moskva tomonidan yangi yadroviy qurol-aslaha tizimlarining yaratilişi uning "yadroviy qurolni qöllaş qoidalariga" amal qilişga sodiqligi böyiça jiddiy savollar keltirib çiqarmoqda. Bundan taşqari, Karter Rossiya sovuq uruş davridagi davlatlar yetakçilari bu masalaga yondaşgandek ehtiyotkorlikni hurmat qilişiga şubha bildirdi.
Pentagon rahbari Şimoliy Koreyani AQŞ hukumatida yadroviy masalada xavotir uyğotuvçi ikkinçi davlat deb atadi. U AQŞ Janubiy Koreyada aynan Şimoliy Koreyadan himoyalaniş uçun raketalarga qarşi mudofaa tizimini joylaştirayotganini eslatib ötdi.












