Gruziyaning hukmron "Gruziya orzusi" partiyasi ijroçi kotibi Irakliy Kobaxidzening sözlariga köra, sobiq prezident Mixail Saakaşvilining "Yagona milliy harakat" muxolifat partiyasi 8 oktabrda bölib ötişi belgilangan parlament saylovlari oldidan mamlakatdagi vaziyatni izdan çiqarişi uçun yetarli imkoniyatlarga ega emas.
"Yagona milliy harakat" partiyasini qöllab-quvvatlagan "Erkin hudud" yoşlar taşkilotining bir neça a'zolari taşkilot safini tark etişgan. Ularning ta'kidlaşiça, taşkilot Saakaşvilidan mamlakatda davlat töntarişi ötkaziş böyiça körsatma olgan. Xususan, sobiq-prezident parlament saylovlaridan keyin, saylov natijalari qalbakilaştirilganini iddao etib, namoyişlar ötkaziş borasida buyruq bergan.
""Yagona milliy harakat" idoralarida Gruziyadagi vaziyatni beqarorlaştiriş böyiça aniq reja işlab çiqilmoqda, buning uçun guruhlar va qöşimça taşkilotlar tuzilayapti", — deya Kobaxidze sözlarini keltiradi partiya matbuot xizmati.
Uning sözlariga köra, hukumat vakillari saylovlar arafasida mamlakatda turli xil fitnalar sodir etilişi mumkinligi xususida bir neça bor söz yuritgan.
Gruziya parlament saylovida hukmron "Gruziya orzusi" va yirik muxolif partiya "Yagona milliy harakat" özaro siyosiy raqiblar hisoblanadi.

















