Volkswagen kompaniyasi Yevropa patent byurosida sensor panelni röyxatdan ötkazdi. Haydovçi uning yordamida avtopilotni boşqarişi mumkin. Röyxatga oliş töğrisidagi ariza 2015 yilda topşirilgan, biroq OAV endi bunga e'tibor qaratgan.
Patentda körsatilişiça, uzatmalar qutisi dastagida örnatilgan taçpad yordamida haydovçi avtopilot xabariga tezroq e'tibor berişi mumkin. Biroq, kelgusida bunday ekranni avtomobil salonining istalgan qismida örnatsa böladi.
Avtopilot yöldagi vaziyat yuzasidan haydovçini xabardor qiladi va bir neça yeçimni taklif etadi. Haydovçi taçpad yordamida ulardan birini tanlaydi.
Masalan, agar avtopilot oldinda ketayotgan avtomobilni «körsa», muqobil boşqaruv tizimi maşinani quvib ötiş yoki yöl qismida qolişni tavsiya qiladi. Haydovçi esa, yölakni özgartiriş uçun barmoğini taçpad yuzasida yuqoriga siljitsa bas. Avtomobil quvib ötişni boşlaydi.














