Xitoyning DJI kompaniyasi özining ilk ixçam taxlanuvçi Mavic Pro dronini taqdim etdi. Bu haqida The Verge xabar bergan.
Mavic Pro oğirligi 734 gramm bölib, unda stabilizatorga ega 12 megapikselli kamera joylaşgan. Dron bir soniyada 30ta tasvir tezligida 4K video olişga qodir, surat oliş imkoniyati 1080p — bir soniyada 96ta tasvir çastota bilan.
Havoda uçuvçisiz qurilma bitta batareya bilan 27 daqiqa uça oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 65 kilometrga yetadi.
Mavic Pro bahosi oddiy töplam bilan 999 dollar bölib, töplamda kontroller bölmagan narxi esa 749 dollarni taşkil etadi. U 2016 yilning noyabr oyida sotuvga çiqarilişi möljallangan.












