Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi anjumanda Google vakillari kompaniya mobil dasturlarni Hindistondagi mavjud mobil aloqaning kuçsiz signaliga moslaştirib va Wi-Fi simsiz internetiga ulaniş nuqtalari tarmoğini kengaytarib,  Hindiston mobil industriyasi rivojlanişiga hissasini qöşmoqçiligini ma'lum qildilar. 

Kompaniya vakillarining aytişiça, Google dasturçilari va muhandislari Hindistonning 15 şahriga taşrif buyurib, bu şaharlarning hind loyihasi ustida olib borilayotgan iş jarayonidagi infratuzilmasini örganib çiqdilar. 

Google ayni vaqtda özining Chrome internet-brauzeri va Google Play onlayn-dökonini kabi mahsulotlarini optimallaştiriş jarayonida turibdi. Kompaniyaning maqsadi Hindiston uçun xos bölgan kuçsiz internet-ulaniş şaroitida dasturlardan foydalanişni mumkin böladigan qilişdan iborat.

Avvalroq Hindiston aholisining faqat beşdan birigina internetga ulanişga ega ekanliklari ma'lum qilingan. Bundan kelib çiqib, Google öz mahsulotini hind bozorida ilgari suriş böyiça maxsus dasturni yaratdi. Kompaniya şuningdek internetga ulaniş kuçsiz bölgan holatlar uçun YouTube serveridan foydalanişga imkon beruvçi YouTube Go dasturini taqdim qilgandi.