Hindiston armiyasi Kaşmirda “jarrohlik zarbalari” seriyasini berdi, deb ma'lum qilgan mamlakat harbiy qömondonlik vakili. Uning sözlariga köra, bu jangarilarning Pokiston tomonidan qiladigan rejalaştirilgan hujumlarining oldini oliş maqsadida amalga oşirilgan.

Pokistonda esa, çegarada qurolli hodisa yuz bergani ma'lum qilingan.

Hind ma'lumotlariga köra, Pokiston armiyasi öt oçişni töxtatiş rejimini buzgan va nazorat liniyasi böylab öt oçgan. Pokiston televideniyesi esa Hindiston tomonidan “sababsiz öt oçişlar” bölganligini ma'lum qilgan.

Hindiston boş vaziri Narendra Modi Kaşmirdagi otişmalar sabab zudlik bilan hukumat yiğilişi çaqirgan.

Ma'lumot uçun, 1947 yildan beri Kaşmir masalasida Hindiston va Pokiston örtasida ziddiyat keçadi. Jammu va Kaşmir ştatining ma'lum bir hududiga Xitoy ham da'vo qiladi.