«Tolibon» yetakçilari AQŞ prezidentligi uçun saylovda respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Trampdan saylovoldi teledebati yakunida ranjişgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Tolibon»ning rasmiy vakillaridan biri Zabihulla Mujohidning aytişiça, harakat faollari AQŞdagi saylov poygasini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ekstremistlar nomzodlarning heç biri debat vaqtida Afğoniston hamda öz nomlari tilga olinmaganidan xafa bölişgan.
Ularni köproq Donald Trampning sözlari ranjitgan. Harakat rahbarlari uni nooqil odam sifatida qabul qilişgan va uni «boşiga nima kelsa, tiliga çiqaradigan nojiddiy odam» sifatida baholaşgan.
Tolibonlar AQŞning bölğusi prezidenti ötmişdoşlarining xatolaridan töğri xulosa çiqaruvçi siyosatçi bölişiga umid bildirişgan va AQŞning yangi prezidenti butun dunyoga agressiv siyosat qöllamasligi kerakligini aytişgan.
«Amerikaliklarning yangi rahbari oldida bir savol turadi: u pullarni Afğonistonda qon tökişda davom etiş maqsadida sarflaşda davom etadimi yoki afğon xalqiga öz muammolarini mustaqil hal qilişiga yöl qöyib beradimi? Agar bölajak prezident AQŞning taşqi siyosatida özgarişlar yasamasa, tolibonlar qurol kötarib amerikaliklarga qarşi çiqişda, ularni mamlakatdan haydab çiqarmagunça uruş olib borişda davom etadi», — degan Mujohid.
«Tolibon» harakati 1996-2001 yillarda Afğoniston hukumati tepasida turgan. 2001 yilning 11 sentabri voqealaridan keyin AQŞ bu mamlakatga qöşin kiritib, hukumatni almaştirgan. Butunlay tor-mor bölmagan tolibonlar partizanlik uruşini davom ettirmoqda. 2011 yilda mamlakatdan AQŞ va ittifoqçilarining qöşinlari olib çiqib ketilişi jarayoni boşlangandi.












