Turkiya hukumati 12ta telekanalning, (şu jumladan kurd tilidagi telekanallar) efirga çiqib, faoliyat körsatişini töxtatib qöydi. Bu haqda IMC telekanalida ma'lum qilindi.

Xabar qilinişiça, Hayatın Sesi, Azadi TV, Jiyan TV, Van TV, TV10, Denge TV va Zarok TV kabi kurd tilida işlovçi kanallarni qamragan Turksat sun'iy yöldoşi faoliyati töxtatilgan.

Bu qaror qonun doirasida, mamlakatda 3 oy muddatga joriy etilgan favqulodda holat doirasida qabul qilingani ta'kidlangan.

Bu qadam taşlanişiga sabab keltirilmagan.

Hozirça turkiyalik davlat amaldorlaridan heç biri bu ma'lumotga munosabat bildirmagan.