Armaniston Markaziy banki yil boşidan buyon asosiy foiz stavkasini pasaytirgan dunyoning 200-boş moliya muassasasi böldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Ma'lum bölişiça, 2016 yil 1 yanvaridan boşlab, dunyoning 57ta markaziy banki iqtisodiy ösişga turtki beriş maqsadida qayta moliyalaş stavkasini pasaytirgan. Bu çoralar jahon moliyaviy inqirozidan 8 yil ötgaç, dunyo iqtisodiyotida paydo bölgan zaiflikka qarşi kuraş uçun zarur.
Qayd etilişiça, markaziy banklar orasida Argentina Boş banki qayta moliyalaş stavkasini 17 marta pasaytirib, şu yilning mayidan beri 1000 punktdan köproq, ya'ni 27,25 foizgaça arzonlaştirgan.
Ötgan davr mobaynida özining pul-kredit siyosatini atigi bir marotaba körib çiqqan mamlakatlar sirasiga Angliya, Nigeriya va Özbekiston kiradi.
Bunda, eng katta moliyaviy amaliyotni Yevropa va Yaponiya markaziy banklari öz zimmasiga oldi. Umuman, qayta moliyalaş stavkasi böyiça eng köp qaror qabul qilingan oy 2016 yilning may oyi böldi.
Rossiya Markaziy banki sönggi marotaba mazkur stavkani 16 sentabrda pasaytirdi.












