Gruziyaning sobiq boş vaziri Bidzina Ivanişvili Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori va Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşviliga vataniga qaytsa "qulay qamoq kamerasi" berilişiga va'da qildi.  

"Biz Yevropadan unça uzoq emasmiz. U yertöla va tunnellarda yaşaşiga töğri kelmaydi, bizda yaxşi, qulay qamoq kameralari bor. Uni juda şinam kamera kutmoqda. Öylaymanki, bu saylovlardan keyin uning qoçişiga joy bölmaydi", deb aytdi Ivanişvili jurnalistlarga.

Bunday bayonot Saakaşvilining Gruziyaga parlament saylovlaridan keyin qaytişi haqidagi sözlariga javoban aytildi.

Saakaşvili Gruziyani 2013 yilda yangi prezident inauguratsiyasidan keyinoq tark etgan. Gruziya boş prokuraturasi unga uçta jinoiy iş, jumladan 5 mln dollar davlat pulini öz ehtiyojlariga sarflaş böyiça ayblov e'lon qilgan.