Fransiya poytaxti Parij şahrida boşlangan avtomobil körgazmasi 1-16 oktabr kunlari keng ommaga eşiklarini oçadi. Biroq, Moskva avtosalonida bölgani kabi köpgina işlab çiqaruvçilar bu yerda ham iştirok etmaslikka qaror qilişgan. 2014 yilgi Parij avtosalonining ilk haftasida 1,25 mln kişi Bugatti, BMW, Maserati va Mercedes-Benz kabi kompaniyalarning sönggi işlanmalarini köriş uçun taşrif buyurgan edi. Bu yilda ham şunça miqdorda kişi keladigan bölsa, ularning hafsalasi pir bölişi aniq. Axir, ijtimoiy tarmoqlar köz yumib oçgunça, yangi avtomobillar xususidagi barça jihatlarini oşkor qilayotgan bugungi kunda, ortiqça sarf-xarajatning nima keragi bor.

BMW i8
Yana bir gap, dabdabali avtomobil xarid qilişni istagan xaridor nimani tanlaşni, qayerda sotib olişni juda yaxşi biladi. Şunga köra, köpgina öta qimmat maşina işlab çiqaruvçilar vaqt va mablağni köproq tejaş yöllarini qidirişmoqda.
Ammo, bu şu hafta dam oliş kunlaridan boşlanadigan avtomobillar olamidagi yilning eng yirik voqealaridan birida tomoşa qilişga arzigulik biron narsa yöqligini anglatmaydi. Dastlabki taxminlarga köra, ekologik avtomobillar körgazma mehmonlarida jiddiy qiziqiş uyğotişi mumkin. Ayniqsa elektr krossoverlar köpçilikni e'tiborini tortişi kutilayapti.
Jumladan, BMW özining tört eşikli 3 Series Gran Turismo, yangi elektrli i3, maxsus işlab çiqilgan i8 Protonic Dark Silver modeli va C Evolution elektr skuterini namoyiş etadi. Bundan taşqari, kelasi yildan işlab çiqarilişi yölga qöyiladigan X2 Concept yöltanlamasini ham köriş mumkin böladi.

Mercedes AMG GTR
Mercedes özining ajoyib va agressiv körinişga ega AMG GT R, AMG GLC43 Coupe, GLC350e Coupe, AMG GT va GT C Roadster kabi modellarini olib kelgan. Bundan taşqari, elektromobil loyihasi ham namoyiş etilişi belgilangan.
Daimler konsernining şö'ba korxonasi hisoblangan Smart kompaniyasi ForTwo va ForFour elektromabillarini xaridorlar hukmiga havola qiladi. Porsche esa Panamera modelining gibrid namunasini taqdim etsa, Audi özining 5 Sportback, S5 Sportback, RS TT va Q5 yöltanlamasini olib kelgan.















