Jamiyat | 00:25 / 30.09.2016
13548
1 daqiqa o‘qiladi

Plastik jarroh operatsiya vaqtida raqsga tushdi

Kolumbiyada plastik jarroh va hamshira operatsiya vaqtida raqsga tushdi. Bu "ijro" videoga olinib, internetda chop etilgandan keyin ko‘plab izohlarga uchradi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
      
Voqea Medelin shahrida yuz bergan. Videoda shifokor va hamshira operatsiya xonasida mijoz tepasida turishgani va operatsiya avji pallasida, ya'ni jarrohlik stolida yotgan mijozning qorni kesilgan holatda ekanligi tasvirlangan. So‘ngra shifokor va hamshira quvnoq musiqa sadolariga mijozning yonidan ketmay turib birdaniga raqsga tusha boshlaganlar.

Kolumbiya mutassadilari ushbu video bilan qiziqib qolishdi. Hozir bu video ataylab sahnalashtirilgani yoki chinligi aniqlashtirilmoqda. Agar voqea haqiqatan yuz bergan bo‘lsa, unda jarroh litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin.

 

Mavzuga oid