Farğonada ötkazilgan “Kamolot-tur” IX yoşlar velomarafonining viloyat bosqiçida 300 dan ziyod havaskor velosportçi iştirok etdi.
“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati viloyat kengaşi, viloyat madaniyat va sport işlari boşqarmasi va boşqa taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan velomarafon yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uç yoş toifasida ötkazilgan musobaqada Quva tumanidagi 50-umumta'lim maktabi öquvçisi Mirjamol Rözaliyev, Toşloq tumani “Sadda” mahalla fuqarolar yiğinidan Elyor Nişonov, Quva qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi Javohir Jamoliddinov birinçi örinni egallab, mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi.
– Velomarafonda ğolib bölganimdan xursandman, – deydi Quva tumanidagi 50-umumta'lim maktabi öquvçisi M.Rözaliyev. – Çunki uşbu sport turiga juda qiziqaman va doimiy ravişda şuğullanib turaman. Sport tufayli özimni yengil his qilaman va bu menga ruhiy, jismoniy kuç bağişlaydi.
Musobaqa ğoliblari va bir qator qöşimça nominatsiyalar böyiça eng faol iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan rağbatlantirildi.
Farğonada yoş velomarafonçilar musobaqasi ötkazildi
00:14 / 01.10.20163 4272 min











