Moskvadagi Markaziy klinik şifoxonada davolaniş kursidan ötgan Qirğiz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev bugun 1 oktabr kuni vataniga qaytib keladi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi Qirğiziston prezidenti apparati vakiliga asoslangan holda. 

"Prezidentning şanba kuni vataniga kelişi kutilayapti", — degan agentlik suhbatdoşi.
 
Avvalroq, Qirğiziston Respublikasining Moskvadagi elçisi matbuot kotibasi Gulbarçin Bayimbetova prezident Atambayev davolanib bölgani va "uning ahvoli yaxşi" ekanini aytgan edi.