APLning 7-turida "Çelsi" safarda "Xall Siti"ga qarşi töp surdi. Uçraşuvda Antonio Konte şogirdlari 2:0 hisobida ğalaba qozondi. 

Uçraşuvdagi dastlabki gol 61-daqiqada Villian tomonidan kiritildi. Oradan olti daqiqa ötib esa Diyego Kosta "Xall Siti" darvozasini ikkinçi bor işğol qildi. Şunday qilib, Konte şogirdlari oxirgi turdagi omadsizliklardan keyin nihoyat ğalaba qozondi. 

Şuni aytiş kerakki, Kosta "Xall Siti" darvozasini işğol qildi va mavsumdagi gollari sonini 6taga yetkazib oldi. 

Angliya çempionati, 7-tur

Xall – Çelsi 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 61 Villian, 0:2 – 67 Diyego Kosta. 

"Xall" – Marşall, Meyler, Devis, Robertson, Snodgrass, Xenriksen (Ernandes, 72), Meyson, Livermor, Klukas (Xaddlstoun, 81), Diomande (Melouni, 63), Mbokani.

"Çelsi" – Kurtua, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kante, Matiç, Villian (Çaloba, 89), Mozes (Pedro, 85), Azar (Oskar, 81), Diyego Kosta.

Ogohlantirişlar: Mozes (35), Matiç (41), Livermor (42), Robertson (79).

manba:tribuna.uz