1918 yilda Çarlz Şvab dunyoning eng badavlat kişilaridan biri bölgan. U Bethlehem Steel Corporation (öşa paytlardagi eng yirik kemasozlik va kattaligi böyiça ikkinçi örinda turgan pölat kompaniyasi) rahbari lavozimida faoliyat körsatgan. Maşhur ixtiroçi Tomas Edison uni hurmat bilan tilga olar edi - Şvab doimo raqiblardan ustun bölişga harakat qilardi. 

1918 yilda jamoasining samaradorligini oşiriş va işlaşning yanada muvaffaqiyatli usullarini topişga uringan Şvab taniqli biznes maslahatçi Ayvi Led­bet­ter Li bilan uçraşuv taşkillaştirgan. 

Li omadli işbilarmon ham bölgan - hozirda uni jamoatçilik bilan aloqa sohasining pioneri sifatida yodga olişadi.

Li taşrif buyurgaç, Şvab undan işlab çiqariş samaradorligini qanday oşiriş mumkinligi haqida söragan. Şunda Li kutilmagan javobni bergan: "Menga har bir rahbaringiz bilan suhbatlaşiş uçun 15 daqiqadan vaqt bersangiz". Şvab bu qança turişini söragan. "Agar mening yondaşuvim iş bersa, heç qança. Aks holda esa, 3 oydan keyin özingiz adolatli deb bilgan summaga çek yozib jönatişingiz mumkin", - deya javob bergan Li. 

Ayvi Li rahbarlar bilan ötkazgan 15 daqiqali suhbat davomida maksimal darajada samaradorlikka erişişga imkon beruvçi oddiy usulni tuşuntirib bergan.

Ayvi Li usuli 

1. Har bir iş kuni yakunida ertangi kun bajarişingiz kerak bölgan eng muhim 6 işdan iborat röyxatni yozib qöyişga odatlaning. Bundan ortiğiga hojat yöq. 
2. Bu işlarni muhimlik darajasiga köra raqamlab çiqing. 
3. Ertasiga ertalab işga kelgaç, eng avvalo, birinçi vazifaga diqqatni qarating (istisnosiz). Ikkinçi işga ötişdan oldin birinçisini tamomlagan bölişingiz şart. 
4. Röyxatdagi işlaringizni ana şunday tartibda bajaring. Kun oxirida tugallanmagan elementlarni keyingi kunning 6 vazifasi röyxatiga qöşişni unutmang. 
5. Har bir iş kunida ana şunday tartibga rioya qiling. 

Strategiya oddiy tuyulsa-da, Şvab va uning Bethlehem Steel menejyerlar jamoasi unga amal qilib körişga qaror qilişdi. 3 oydan söng Şvab kompaniya rivojidan şu qadar mamnun bölganki, Lini kompaniyasiga taklif qilib, 25 ming dollarlik çek taqdim qilgan. 

1918 yilda 25 ming dollar - 2015 yilning 400 ming dollariga töğri keladi. 

Ayvi Lining röyxat tuziş usuli haddan ziyod soddadek körinadi. Qanday qilib mana şunday oddiy maslahat yuksak mukofotlangan? U nimasi bilan şu qadar samarali?