Rim papasi Frantsisk Ozarboyjonga bir kunlik taşrif bilan yetib keldi. 1news.az ma'lumotiga köra, Bokuning Haydar Aliyev nomidagi Xalqaro aeroportida Rim-katolik çerkovi yetakçisini Ozarboyjon boş vazirining birinçi örinbosari Yoqub Ayyubov, mamlakatning boşqa rasmiylari va mahalliy katolik ruhoniylari vakillari kutib olgan.

Pontifikka Vatikan davlat kotibi, kardinal Petro Parolin boşçiligidagi çerkov ruhoniylari, şuningdek, jahon jurnalistlarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda.

Papa Frantsiskning Bokuga taşrifi davomida mahalliy katolik çerkoviga yöl olgan.

Kunning ikkinçi yarmida Rim papasining Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşuvi bölib ötadi. Şuningdek, pontifikning Kavkaz musulmonlar boşqaruvi raisi Allohşukur Poşşozoda va Ozarboyjon diniy jamiyatlari rahbari bilan uçraşişi kutilmoqda.

Rim papasi 30 sentabr-1oktabr kunlarida Gruziyada bölgandi. Şu yilning yozida, iyun oyining oxirgi kugnlarida esa u Armanistonga 3 kunlik taşrifini amalga oşirgandi.