Braziliya sotsial-demokratik partiyasi a'zosi, tadbirkor-millioner Joau Doria Braziliyaning eng yirik şahri – San-Paulu meri etib saylandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Oxirgi natijalarga köra, Doria mer lavozimi uçun saylovlarda 53 foiz saylovçilarning ovozini töplay olgan va bu unga saylovda ğolib bölişni ta'minlagan.
Braziliya sotsial-demokratik partiyasi öng sentristik siyosatni yurgazadi va sotsial-liberallikni ilgari suradi.
Braziliyaning aholi soni böyiça ikkinçi raqamli şahari – Rio-de-Janeyroda saylovning 1-bosqiçida ğolib aniqlanmadi. Bu yerda şahar meri lavozimi uçun Braziliya respublika partiyasi nomzodi Marselu Krivella, "Sotsializm va ozodlik" siyosiy harakati nomzodi Marselu Freyşu hamda Braziliya demokratik harakati partiyasi nomzodi Pedru Paulu kuraş olib bormoqdalar.
Saylovlar davomida Braziliya aholisi şaharlar merlari va qonunçilik hokimiyatining mahalliy organlariga deputatlarni saylaşdi. Braziliyada röyxatdan ötgan saylovçilar 144 mln dan köproqni taşkil qiladi. Aholisi 200 mingdan köproq şaharlar uçun ikkinçi bosqiç saylovlar ötkaziş közda tutilgan. U 30 oktabrda nomzodlardan birortasi birinçi bosqiçda mutlaq köpçilik ovozni töplay olmagan aholi punktlarida bölib ötadi.












