2 oktabr kuni Ispaniyaning Tarragon şahrida an'anaviy Kataloniya tanlovi bölib ötdi. Unda iştirok etganlar eng baland kastellar - «insonlardan barpo etilgan qasrlar»ni quriş böyiça kuç sinaşişdi. Öziga xos “bino”lar yuzlab insonlardan barpo etiladi. Musobaqa beş raunddan iborat bölib, “bino”ning nafaqat balandligi, balki minoraning murakkabligi ham baholanadi.
Mazkur musobaqa har ikki yilda bir marotaba taşkil etiladi. Uning tarixi örta asrlar yarmarkasi davriga borib taqaladi. Qayd etiş joizki, YuNeSKO madaniy merosi röyxatiga kiritilgan mazkur tomoşalarda nafaqat Ispaniya jamoalari iştirok etadi. Bu yil unda Xitoydan taşrif buyurgan jamoa ham öz kuçini sinab körgan.
“Inson minora”larini tomoşa qiliş uçun esa, dunyoning turli burçaklaridan minglab odamlar kelişadi.



















