Şu yilning 10 oktabridan 21 dekabriga qadar hisob böyiça beşinçi bor Russian Design Cup musobaqasi bölib ötadi. Tanlov sayt, mobil ilova va davlat portallari yaratişdan bekatlardagi displeylarni bezaş, “Aqlli” soatlar uçun ilovalar yaratiş va maişiy uskunalarni boşqarişgaça bölgan turli xil topşiriqlardan iborat bölib, uç bosqiçda ötadi. Tanlov ğolibi Mac Pro noutbuki sohibiga aylanadi, yana talabgorlarni “Gosuslugi”, ICQ va “Mann, Ivanov va Ferber”lardan sovğalar kutadi.

Bu safar talabgorlarning işlarini “Innova”ning art direktori Anton Yarusov, Scream School, Bang! Bang! Education va Britaniyaning Dizayn oliy maktabi kurslarining noziri Dmitriy Karpov, AIC’ning boşqaruvçi şerik va boş-dizayner Sergey Popkov, “Odnoklassniki” loyihasining dizayn guruhi rahbari Leonid Ivaxov va Mail.Ru Group portalining dizayn jamoasi rahbari Yuriy Vetrov baholaydilar.

Russian Design Cup bu har yili ötkaziladigan tanlov. Uning taşkilotçisi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği. Baholaş ekspert hay'at a'zolari tomonidan amalga oşiriladi va tanlov uç bosqiçda hamkorlarning turli xil topşiriqlardan iborat böladi. Tanlovda yoş dizaynerlardan tortib katta kompaniyalarning tajribali art-direktorlari va menejyer-dizaynerlari ham qatnaşa oladi. 2015 yilda tanlovda Rossiya, Ukraina, Belarus va Ozarbayjondan 210 nafardan ortiq dizayner 300 tadan ortiq işlari bilan  qatnaşişgan.