Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savçenko ukrainalik jurnalist Roman Suşenkoning josuslikda gumon qilinib RFda uşlanişiga munosabat bildirar ekan, Rossiyani BMT tarkibidan çiqarişni taklif qildi. U «112» telekanali efirida şunday fikrni bildirgan.
«Rossiya töxtamaydi, turli xil keraksiz narsalar yaratilmoqda, va bu yana bir marta YeKPA (Yevropa kengaşi parlament assambleyasi)da, "Katta yettilik" va BMTda Rossiyaga örin yöqligini körsatadi. RFning qilayotgan işlari uşbu taşkilotlar poydevoriga qöyilgan yuqori mezonlarga ziddir», — degan Savçenko.
U şuningdek, Ukraina va Rossiya örtasida viza tartibi joriy qilinganini ma'qullagan. Savçenkoning fikriça, bu Rossiyaga işlaşga borayotgan ukrainaliklarni himoya qiladi.
«Rossiya bilan viza tartibini joriy qilamiz, Yevropa bilan vizali bordi-keldini bekor qilamiz, bu ança ijobiy natija böladi», — degan u.












