Kuçli şamol tufayli yuzlab sayyohlar Xitoydagi daolarning muqaddas Xuaşan toğida tunab qolişlariga töğri keldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Voqea 4 oktabrga ötar keçasi sodir bölgan. Şamol kuçaygani sabab sayyohlarni 2 metr balandlikka olib çiquvçi kanat öz işini töxtatgan. Telekanal ma'lumotiga köra, şu sababga köra, toğda 200 sayyoh tunab qolgan.

Xitoyning «Jenmin jibao» gazetasi Facebook tarmoğida e'lon qilgan ma'lumotiga köra, Xuaşan toğida 500 nafarga yaqin sayyoh qolib ketgan. Ularning köpçiligi keksa yoşidagi kişilar, ayollar va bolalar bölgan. Ularni issiq şörva, suv va issiq kiyim-keçak bilan ta'minlaşgan.

Ertasiga esa dor yöli iş faoliyatini boşlagan va sayyohlar eson-omon pastga tuşib olişgan.

Ma'lumot uçun, Xuaşan daosizmda beş muqaddas toğdan biri hisoblanadi. Unda köplab ibodatxonalar mavjud. U Şensi muzofoti hududida joylaşgan.