Yevropa Ittifoqi Afğoniston hukumatiga 1,2 mlrd dollar miqdorida moddiy yordam beradi. Bu mablağlar taşkilotning donor mamlakatlari hisobidan taqdim etiladi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari, Taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini Bryusseldagi konferensiyada ma'lum qildi.
"YeI Afğonistonga 1,2 mlrd dollar miqdorida yordam ajratiş böyiça qaror qabul qildi. Bu konferensiya nafaqat moliyaviy kömak körsatiş maqsadida, balki Afğonistonni siyosiy tomonlama qöllab-quvvatlaş istiqbollarini muhokama etiş maqsadida ham taşkil qilindi. Bu mamlakatda xavfsizlikni ta'minlaş uning tiklanişi uçun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi", deya Mogerinining sözlarini keltirgan TASS axborot agentligi.
Uning qayd etişiça, YeIning Afğoniston masalasidagi 2 kunlik konferensiyasida 70 davlat va 30 taşkilotdan 100dan ortiq delegatsiya iştirok etmoqda.
Bundan oldinroq, Afğonistonni qöllab-quvvatlaş rejasi haqida Avstraliya TIV rahbari Juli Bişop ma'lum qilib ötgandi. Uning sözlariga köra, rasmiy Kanberra 2020 yilgaça har yili Kobulga 80 million Avstraliya dollaridan (60 mln AQŞ dollari) ajratib boradi. Bundan taşqari, Avstraliya Afğonistonga jahon oziq-ovqat dasturi doirasida 10 mln dollar beradi.
"Biz Afğoniston yana xalqaro terrorizm öçoğiga aylanib qolmasligi uçun barça zarur çoralarni körişimiz kerak", degan Bişop va Afğonistonda 270 nafar avstraliyalik harbiy saqlab qolinişini bildirgan.












