Şvetsiyaning telekommunikatsion qurilmalar işlab çiqaruvçi Ericsson kompaniyasi işlab çiqariş va ilmiy-tadqiqot bölimlarida 300 mingga yaqin iş örnini qisqartirmoqçi. Şuningdek, kompaniyaning 900 maslahatçisi öz işidan ayriladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Joriy yilda qiymati 25 foizga tuşib ketgan şved kompaniyasi hozirda kompaniyani iyulda tark etgan Xans Vestberg örniga yangi boş direktor izlamoqda. Kompaniya qisqartirişlar haqida 4 oktabrda e'lon qildi.
"Bu çoralar kompaniyaning raqobatbardoşligini ta'minlaş uçun zarur", deb aytdi kompaniya boş direktori vazifasini bajaruvçi Yan Frikxammar.
Işçi örinlarning qisqartirilişi Şvetsiyaga zarba bermoqda, bu yerda Ericsson mamlakatdagi eng yirik iş beruvçi korxonalardan biri hisoblanadi. Siyosatçilar ham, kasaba uyuşmalari ham kompaniyada iş örinlarini saqlab qoliş uçun barça imkoni bor işni qildilar.
Hozirda kompaniyaning Şvetsiyadagi korxonalarida 16 ming kişi işlaydi.












