Yevropada naşr etiladigan ommabop Diplomat Magazine jurnalining navbatdagi sonida joriy yil 4 dekabr kuni Özbekistonda bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mavzusiga bağişlangan maqola bosilib çiqqan. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.

Unda alohida ta'kidlanişiça, saylovlar Özbekiston Konstitutsiyasi hamda saylov qonunçiligi talablariga muvofiq ravişda oşkoralik va oçiqlik muhitida ötadi. Naşrning yozişiça, uşbu voqea respublikadagi demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş jarayonlarini sifat jihatdan yangi darajaga kötaradi. 

Diplomat Magazine öz öquvçilarini saylovlarga tayyorgarlik jarayonlarining keçişi bilan taniştirar ekan, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi qonunga hamda saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri çegaralari doirasida saylovni ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari tuzilganini ma'lum qiladi.

Ma'lumki, siyosiy partiya saylov kampaniyasi boşlanganligi e'lon qilingan kundan kamida 6 oy oldin Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olingan taqdirdagina Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod körsatişi mumkin. “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi qonunga 2015 yil 29 dekabrda kiritilgan özgartişlarga muvofiq, siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Özbekiston Respublikasi jami saylovçilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigaça kamaytirildi. Bu 214 ming 350 nafar saylovçi imzosini taşkil etadi. Imzolar kamida sakkizta ma'muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bölgan saylovçilarni qamrab olgan bölişi kerak. Ma'muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining köpi bilan sakkiz foizini töplaşi mumkin.

Naşr jurnalxonlarni ana şunday muhim ma'lumotlar bilan taniştirgani barobarida Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro taşkilotlar vakillari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvçi sifatida qatnaşişga taklif etilganini ham qalamga olgan. 

“Ularning iştiroki saylovlarning oçiqlik, oşkoralik va şaffoflik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda ötişidan dalolat beradi”, deb yozadi Diplomat Magazine.