Xalqaro şifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalaniş jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta'sir körsatmasligini körsatib berişdi. Şu mavzuga bağişlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida naşr etildi, bu haqida The Telegraph naşri qisqaça xabar qiladi.
Olimlar yil davomida 800 kişining soğliği (oğirligi, qon bosimi va yurak uriş tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borişdi. Tadqiqot iştirokçilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uçun pul mukofotlari ham olişdi.
Dastlabki 6 oyda moliyaviy rağbatlantiriş olgan iştirokçilar jismoniy faollikning ortganini qayd etişdi. Biroq bir yildan söng ularning körsatkiçi dastlabki darajaga qaytdi.
Pul mukofotini olmagan iştirokçilarda bir yil ötib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi ösişi kuzatildi (örtaça haftasiga 16 daqiqa). Şuningdek, tadqiqot mualliflarining sözlariga köra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxşilaş uçun ahamiyatsiz körsatkiç sanaladi.












