Gaitiga keyingi 10 yillikdagi eng kuçlisi bölgan «Mettyu» dovuli yopirildi. Uning tezligi soatiga 230 kilometrni taşkil etmoqda.
Gaiti Respublikasining beşta şahri dengiz sathining kötarilişi va daryolardan suv toşişi oqibatida suv ostida qoldi. Bundan taşqari, poytaxt Port-o-Prensni ma'muriy markaz Peti-Goav hamda mamlakatning janubiy qismi bilan boğlab turuvçi ikki köprik vayron böldi.
De-Kayye şahrida esa köplab uylarning tomi tabiiy ofat oqibatida uçib ketdi.
Kuzatuvçilarning fikriça, Gaiti oroliga yopirilgan tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan holat mamlakatda 9 oktabr kuniga belgilangan umumiy saylovlarni xavf ostiga soladi.
Gaitida oxirgi marta jiddiy tabiiy ofat 2010 yilda kuzatilgandi. Öşanda yer qimirlaşi va undan keyin vabo tarqalişi tufayli 200 ming kişi halok bölgan.





















