Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 oktabr kuni 40 yoshga to‘ldi. U 1976 yilda Tsentaroyda tavallud topgan. 1990 yillarda u o‘z otasi - nufuzli muftiy Ahmad Qodirovning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan. Ramzon Qodirov 2007 yildan buyon Chechen Respublikasini boshqarib keladi. Qodirov - Rossiyadagi eng nufuzli musulmon siyosatchilaridan biri bo‘lib, u Moskvaning islom mamlakatlari bilan aloqasini mustahkamlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Gazeta.Ru nashri Ramzon Qodirovning yubileyiga uning suratlaridan iborat fotojamlanmani taqdim qildi.

Ramzon Qodirov Ahmad Qodirov nomidagi maydonda joylashgan Markaziy masjid yonida, 2011 yil

Ahmad Qodirov va Ramzon Qodirov

Ramzon Qodirov Hummer avtomobilini boshqarmoqda, 2008 yil

Ramzon Qodirov Grozniydagi Chechen tili kunini nishonlash chog‘ida, 2011 yil 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Novo-Ogarevo qarorgohidagi uchrashuv chog‘ida, 2014 yil

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov va RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev, 2012 yil

Ramzon Qodirov Grozniydagi Olimpiya mash'alasi musobaqasida, 2014 yil

Ramzon Qodirov Chechen Respublikasining Konstitutsiya kunida Grozniydagi Markaziy masjid oldida chiqish qilmoqda, 2016 yil