Kriştianu Ronaldu va boşqa köplab sportçilarning musobaqalar uçun tez sur'atlarda tiklanişi uçun qabul qiladigan muz vannalari foydasizdir. Olimlarning fikriça, bu kabi vannalar aslida tananing zararlangan qismi va muşaklarni tiklaşga umuman yordam bermaydi. Ularning xulosalari bitilgan maqola Journal of Physiology naşrida çop etilgan.
"Aniqlanişiça, sovuq suvga tuşiş maşğulotlar va musobaqalardan keyingi tiklaniş uçun eng samarali usul emas. Sportçilar zararlangan muşaklarni tiklaş uçun qöllaydigan strategiyalarini qayta körib çiqişlari zarur. Yana bir jihat, suvning boşqa harorati va vannada turiş vaqtini özgartiriş zararlangan muşaklar tiklanişiga naqadar yordam berişini ham batafsil aniqlab oliş kerak", — degan Avstraliyaning Brisban şahridagi Kvinslend Texnologiya universiteti ilmiy xodimi Jonatan Pik.
Sönggi vaqtlarda qator sportçilar xususan, Portugaliya terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu öyinlardan keyin muzdek suvda bir neça ön daqiqa çömiliş, tezroq tiklanişiga yordam berişini ta'kidlab keladi. Pik va uning hamkasblari esa, ayni şu muolaja naqadar töğri ekanini tekşirib körişgan. Buning uçun 19-24 yoşdagi, doimiy sport bilan şuğullanuvçi va faol turmuş tarzini olib boruvçi 9 nafar köngillini jalb etişgan. Ularga özlarini sport yulduzi sifatida his qiliş taklif etilgan.
Ular, özlarining odatdagi jismoniy maşqlarini bajarişgaç, harorati 10 darajani taşkil etgan suvga tuşişgan. Birinçi kunda uning vaqti 10 daqiqani taşkil etgan. Bir haftadan söng, olimlar tiklanişning odatdagi usuli, ya'ni örnatilgan velosiped pedallarini bir neça ön daqiqaga aylantirişni taklif etişgan.
Har bir "tiklaniş jarayonidan" söng, biologlar muşaklar zararlanganini anglatuvçi sut kislotasi va boşqa moddalar darajasini tekşirib borişgan.
Tajribaning körsatişiça, sovuq suvga tuşiş va şuning natijasi ölaroq muşaklar haroratining pasayişi hamda qon aylanişining sekinlaşuvi sportçilarning tezroq tiklanişiga odatdagi tiklaniş maşqlaridan köra yaxşiroq ijobiy samara bermagan. Şu boisdan ham, olimlar sportçilarga tiklanişning yangi usulini topişga yoki özlarining "muzli" usuli boşqalaridan şunçaki körinişi bilan farqlanişini aytişni tavsiya etişmoqda.












