07:16 / 05.10.2016
32750

Ozarboyjon mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

4 oktabrda Ozarboyjon mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Gasanov O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi va unga gullar qo‘ydi.  

Gasanovning tashrifi vaqtida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik va o‘zaro manfaatli boshqa masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan, deb ma'lum qilindi Ozarboyjon mudofaa vazirligi rasmiy saytida.

 

Top