Özbekistonning Moskvadagi elçisi Bahrom Aşrafxonov 4 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Uzdaily xabar bergan.

Uçraşuvda tomonlar Özbekiston MSK va Rossiya MSK örtasida hamkorlik qiliş masalalarini, şuningdek, 2 mamlakatdagi saylovlarda kuzatuvçilarning iştiroki masalasin muhokama etişgan.

Bahromxon Aşrafxonov uçraşuv davomida Özbekistonda 4 dekabr kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik haqida gapirib bergan. U Özbekiston tomoni uçun saylovda xalqaro kuzatuvçilarning, jumladan Rossiya MSK vakillarining iştiroki muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlagan.

Pamfilova Özbekiston prezidentligi uçun saylovda iştirok etiş taklifini mamnuniyat bilan qabul qilgan. U Rossiya MSK Özbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor ekanini qayd etib ötgan.