Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrom Ashrafxonov Ozarboyjonga elchi etib tayinlandi
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«2020 yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarboyjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov Toshkent shahridan Boku shahriga yetib keldi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bahrom Ashrafxonov 1969 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2019 yillarda «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.
2019 yil fevralidan 2019 yil sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
Bahrom Ashrafxonov 2019 yilning sentyabrida Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlangandi. U 2020 yilning 30 martida bu lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
09:01 / 30.12.2025