Yaponiya vazirlar mahkamasi mamlakat parlamentining joriy qonunçilikka özgarişlar kiritmasdan imperator Akixitoning taxtdan voz keçiş imkoni haqidagi sörovnomasiga yozma javobini tasdiqladi. Bu haqida 7 oktabr, juma kuni Kiodo agentligi xabar berdi.
Mamlakat hukumati Akixitoga imperator oilasi haqidagi qonunga istisno sifatida taxtni tark etiş imkonini beruvçi maxsus qonun loyihasini taklif qilişga qaror qildi. Unda imperatorning taxtdan voz keçişi közda tutilmagan, lekin Akixitoga uning iltimosiga köra, qonunga özgarişlar kiritmay buni amalga oşiriş imkoni beriladi.
Yaponiya hukumatining maxsus komissiyasi 17 oktabr kuni bu borada özining birinçi majlisini ötkazadi va turli fikrlarni örganib çiqadi. Unda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan bir qatorda 6 nafar ekspert iştirok etadi.
Joriy yilning avgustida 82 yoşli Akixito mamlakat aholisiga kutilmagan murojaat bilan çiqib, taxtdan voz keçişga tayyorligini bildirdi.
Manbaga köra, Komissiya bu borada hisobot tayyorlaydi, şundan söng Yaponiya parlamentining ikki palata rahbarlari hukmron partiya va muxolifat vakillarini eşitib, qonunçilik jarayonlariga kirişadi.
Komissiyaga Yaponiya Iqtisodiy taşkiloti federatsiyasining (Keydanren) raisi Takasi Imai boşçilik qiladi.

















