Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi Avstraliyadagi barça zavodlarini yopdi. Kompaniya rahbariyati uşbu qit'a davlatdagi 91 yillik faoliyatidan söng, şu qarorga kelgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.

Ford tomonidan Avstraliyada oxirgi işlab çiqarilgan avtomobil Falcon XR6 sedani böldi. Bu avtomobil işlab çiqaruvçining muzeyidan joy olişi aytilmoqda. Umuman, konsern 1960 yildan beri bu mamlakatda 3,5 mln dona atrofida Falcon modellarini işlab çiqqan. Ularning ozgina qismi eksport qilingan. 

Ta'kidlanişiça, Melburndagi sönggi zavodning yopilişi 600 kişining işidan mahrum ayrilişiga sabab böldi. Biroq, Ford Avstraliyaga import qiluvçi va avval sotilgan avtomobillariga texnik xizmat körsatiş va ehtiyot qismlari sotişni töxtatmaydi.