Nyu-Yorkdagi Manxetten köprigida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya va Suriya bayroqlari fonidagi va ostki qismida "tinçlikparvar" (Peacemaker) degan yozuv bölgan katta surati paydo böldi.
Bu suratni kim osgani noma'lum, biroq şahar huquq-tartibot muassasalari xodimlari bannerni taxminan u osilgandan bir soat ötgaç yiğiştirib olişgan. Ma'lum qilinişiça, balandligi 10 metr va eni 5 metr bölgan surat 6 oktabrda köprikning şimoliy tomonida mahalliy vaqt bilan soat 14:30larda paydo bölgan.
Endi politsiyaçilar Putinning suratini "Amerikaning yuragida" kim osganini aniqlaş maqsadida kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlarni kuzatib çiqişmoqda. Hozirça heç kim uşlanmagan.












