Çeçeniston respublikasidan Rossiya davlat dumasida deputatlik qiluvçi va Ramzon Qodirovning amakivaççasi bölgan Adam Delimxanov aralaş yakkakuraş böyiça sobiq jahon çempioni va Rossiya aralaş yakkakuraşlar ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning Grozniyda bölib ötgan MMA böyiça Grand Prix Akhmat-2016 musobaqasi haqidagi tanqidiy sözlarini Qodirovlar oilasiga bildirilgan haqorat deb qabul qildi. Bu musobaqada Ramzon Qodirovning uç nafar öğli ham qatnaşgan. Şu sababli Delimxanov Yemelyanenkoni "erkakçasiga gaplaşib olişga" çaqirgan.

Eslatib ötamiz, Yemelyanenko musobaqada bolalarning ringda katta yoşli jangçilarga örnatilgan qoidalarga köra jang qilişi hamda unga 12 yoşdan kiçik bolalar qöyilganini tanqid ostiga olgandi.

"Fedya ösib kelayotgan avlodni munosib tarbiyalaş zarurligini aytmoqda, biroq nima uçun ayollarni urib, nomusiga tekkan giyohvand ukani tarbiyalaganiga tuşuntiriş bermaydi? Biz özimiz kerak deb hisoblagan janglarni qonun-qoidalarni buzmagan holda ötkazganmiz, ötkazmoqdamiz va hamişa ötkazamiz. Fedyaga esa avval Rossiya qonunlarini yaxşilab örganib olişni, sport axloqi, burç va qadr-qimmat tuşunçalari bilan tanişib çiqişni maslahat beraman", deb aytgan Delimxanov.

Delimxanov Yemelyanenkoni qörqoqlikda ayblab, Ramzon Qodirov öğillari haqidagi sözlari uçun javob berişga çaqirdi: "Fedya, bizning telefon suhbatimizni yaxşilab eslab qol. Sen göşakni taşlab, erkaklarça gaplaşişga botina olmading – bu sening qörqoqligingni körsatadi. Sözimning oxirida aytmoqçiman, kim bölmasin, mening jiyanlarim borasida aytgan har bir söziga javob berişiga töğri keladi", deb qöşimça qilgan Delimxanov.

Fedor Yemelyanenko Ramzon Qodirovning 40 yoşligiga bağişlangan MMA böyiça Ahmad Qodirov nomidagi ösmirlar musobaqasidagi ba'zi holatlarni keskin tanqid ostiga olgandi.