Hammasi nimadan boşlandi?

Avvaliga Rossiya bosqiniga qarşi uruşayotgan ukrainalik siyosatçi Kirill Sazonov çeçenistonlik deputat qarşi amaliyot ötkazilgani haqida xabar berdi. U Delimxanovning korteji Zaporijjya oblasti hududida «Banderlogi» guruhining artilleriya zarbasiga uçragani, Delimxanov bilan birga hamrohlari ham halok bölganini yozdi.

«Voqea joyiga jasadni tezkor va sezdirmay olib ketiş uçun 12 ta vertolyot uçib bordi», deb yozgandi Sazonov.

Keyinroq rus naşrlarida bu ma’lumotni rad etuvçi xabar tarqaldi. Rossiya mudofaa vazirligiga qaraşli «Zvezda» telekanali saytida Rossiya Davlat dumasi matbuot xizmatiga asoslanib Delimxanov çindan yaralangani, ammo tirik ekani haqida xabar paydo böldi.

Çeçen harbiylar yetakçisi yaralangani haqida Rossiya davlat naşri yozgani vaziyatni keskinlaştirdi. Ammo tezda bu ma’lumotni rad etuvçi xabarlar paydo böldi. Avvaliga «Zvezda» saytidagi xabar özgartirilib, LDPR partiyasi holat böyiça heç qanday xabar yöqligini ma’lum qilgani yozildi. Şuningdek, bu borada heç qanday rasmiy ma’lumot yöqligi ilova qilindi. Bu orada dumada ham, LDPRda ham «Zvezda» naşriga heç kim ma’lumot bermagani aytildi.

Keyinroq Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin Delimxanov bilan telefonda gaplaşgani va u salomat ekanini aytdi. Köp ötmay yana bir deputat Andrey Kartapalov Delimxanov tirik va salomat ekanini yozib çiqdi.

Ziddiyatli bayonotlar

Delimxanovning ölimi yoki yaralangani haqidagi xabarlardan keyin Çeçeniston tomondan bir-birini rad etuvçi bayonotlar çiqa boşladi. Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining «öng qöli» ekani aytiladigan Adam Delimxanov haqida xabarlarga istehzo bilan munosabat bildirdi. «Men ham Delimxanovga boğlana olmayapman. Ukraina razvedkasidan qadrdon inimni topiş uçun aynan qayerga, qaysi pozitsiyasiga zarba berilgani haqida ma’lumot sörayman. Işoning, quruq qoldirmayman», deb yozdi Qodirov 3,1 million obunaçisi bor kanalida.

«Axmat» maxsus bölinmasi komandiri Apti Alauddinov esa deputat tirik ekani va Çeçenistonda bölib turganini aytdi. «Bizni doim biz bölmagan joyda «öldirişadi». Hammasi uydirma. Adam Sultonoviç tirik va hozirda Çeçenistonda, Ramzan Axmatoviçning oldiga yöl olgan», deya uning sözlarini keltirdi TASS agentligi.

Keyinroq Apti Alauddinovning kanalida biroz avval özi aytgan gaplarni rad qiluvçi post paydo böldi. «Marinya yönalişida joylaştirilgan barça bölinmalarni olib Adam Sultonoviç Delimxanov bilan sodir bölgan voqea joyiga boraman. Ramzan Axmatoviçdan uni har qanaqasiga topib, olib boriş buyruği keldi. «Axmat» maxsus bölinmasi uçun navbatdagi topşiriq. Tabiiyki, uni ham uddalaymiz. «Axmat» – kuç, Rossiya – qudratli, Alloh buyukdir», deb postini yakunlagan Apti Alauddinov.