Rossiya Davlat dumasi deputati, Ramzan Qodirovning eng yaqin odamlaridan biri bölmiş çeçenistonlik Adam Delimxanov Rossiyaning Ukrainaga qarşi olib borayotgan uruşida yaralandi.
Avvalroq Rossiya bosqiniga qarşi jang qilayotgan ukrainalik siyosatçi Kirill Sazonov çeçenistonlik siyosatçini nişonga olib, zarba berilgani haqida xabar qilgandi. U Delimxanovning korteji Zaporijjya oblastida «Banderlogi» guruhining artilleriya zarbasiga uçragani, Delimxanov bilan birga bir qator hamrohlari halok bölganini yozgandi.
«Voqea joyiga jasadni tezkor va sezdirmay olib ketiş uçun 12 ta vertolyot yöl oldi», deb yozgandi Sazonov.
Keyinroq rus naşrlarida bu ma’lumotni rad etuvçi xabar tarqaldi. RF mudofaa vazirligiga aloqador «Zvezda» Telegram-kanali Davlat dumasi matbuot xizmatiga asoslanib, Delimxanov çindan yaralangani, ammo tirik ekanini xabar qildi.
Davlat dumasi deputati Dmitriy Kuznetsov quyi palata spikeri Vyaçeslav Volodin Delimxanov bilan gaplaşgani va u «tirik hamda soğlom» ekanini aytgani haqida yozgan.
Deputat Andrey Kartapolov ham telegram-kanalida çeçenistonlik deputat tirikligini aytgan.
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov tezda bu xabarga munosabat bildirdi.
«Men ham Delimxanovga boğlana olmayapman. Ukraina razvedkasidan qadrdon inimni topiş uçun aynan qayerga, qaysi pozitsiyasiga zarba berilgani haqida ma’lumot sörayman. Işoning, quruq qoldirmayman», deb yozdi Qodirov 3,1 million öquvçisi bor Telegram-kanalida istehzo bilan.
Delimxanov Rossiya Davlat dumasining deputati böliş bilan birga harbiy harakatlarda ham iştirok etadi. U 2022 yil bahori va yozida Mariupol va Severodonetskni qamal qilişda qatnaşgan. Ramzan Qodirovning «öng qöli» ekani va uning vorisi ekani aytiladigan Delimxanov yaqinda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin bilan mojaroda köriniş bergan va unga «erkakçasiga gaplaşib olişni taklif qilgandi».













