Rossiyaning Çeçeniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov rus askarlari Xarkivdagi Izyum, Kupyansk va Balakliyani taşlab qoçgani fonida mamlakat Mudofaa vazirligini tanqid qildi. Qodirov bu borada öz kanalida audioxabar e’lon qildi.

«Men Mudofaa vazirligi kabi strateg emasman, doim haqiqatni gapiraman: xatolarga yöl qöyildi, umid qilaman, ular bundan xulosa çiqarişadi. Agar bugun-erta özgariş bölmasa, men Mudofaa vazirligi va mamlakat rahbariyatiga aloqaga çiqib, ularga vaziyatni tuşuntirişga majbur bölaman. Vaziyat juda qiziqarli va hayratlanarli», deydi Çeçeniston rahbari.

Qodirov harbiylar «şaharni topşirişi»da heç kimni ayblay olmasligi, çunki Mudofaa vazirligi siyosatini tuşunmasligini aytgan. Uning sözlariga köra, vazirlik rasmiylari ukrainaliklarning hujumini körib turgan bölsa-da, bu borada heç nima demagan.

«Nega bunday qilindi? Nega [şahar] topşirildi? Bu işlar nega qilingani tuşuntirilişi kerak. Rossiya xohlaganda bir qadam ham ortga qadam taşlamasdi. Bu uçun ularda alohida odamlar tayyorlanmagan edi. Biz doim qanday otayotganimiz, qanday olayotganimiz, qanday yöq qilayotganimizni körsatamiz. Boşqa tomonni ham körsatiş kerak», deydi u.

Qodirovning sözlariga köra, Rossiya askarlari şaharlar va qişloqlarni «topşirayotgani»ning yaxşi tomoni ham bor. Çunki Ukrainaga «Axmat» polki maxsus kuçlarining uçta bataloni yuborilgan. Ular Ukraina hududida «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) ötkazadi.

«Men, Ramzan Qodirov, rasman ma’lum qilamanki, bu barça şaharlar qaytib olinadi. U yerda allaqaçon bizning yigitlar, bu iş uçun tayyorlangan yigitlarimiz borişgan. Yana 10 ming jangçilar borişga tayyor. Va biz kelajakda Odessagaça boramiz», degan Qodirov.

12 sentabr kuni Ramzan Qodirov özining Telegram-kanalida yana bir neça videolar joyladi. Ulardan birida Rossiya Dumasi deputati Adam Delimxanov boşçilik çeçen harbiylari Ukrainada bölib turgani aytilgan murojaat aks etgan. Videoda deputat Delimxanov Xersonda ekani, çeçen askarlari Ukrainani «natsizmdan tozalaş»ga tayyorligini aytadi. Uning sözlariga köra, 10 ming nafar çeçenistonlik harbiylar Zaporijjya, Xerson va «DXR»ga borgan.

«Xarkivdagi ba’zi şaharlar natsistlar, şaytonlar tomonidan egallangan. Biz sizlarga Mariupolda bölgani kabi körsatib qöyamiz. Şunday ekan, bizdan syurprizlar kutib qoling. Biz butun front böylab harakat qilib, Ukrainani ozod qilamiz», degan Delimxanov.

Qodirov videoga izoh ham yozib qoldirgan. Uning aytişiça, deputat Delimxanov boşçiligidagi «elit jangçilar»ga Ukrainaning Mariupol, Severodonetsk, Lisiçansk va Popasnaya şaharlari «ozod qilingani»dan söng Putin tomonidan ta’til berilgandi. Endi esa ular yana frontga qaytgan.