2016 yil 7 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda ma'lumot ÖzA tomonidan taqdim qilingan.
Özbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinçlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi.
Özbekistonda Vladimir Putinning mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş hamda rivojlantirişga qöşayotgan şaxsiy hissasini yuksak qadrlaydi.
Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça turli darajada Özbekiston – Rossiya muloqotlari faollaşayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
Özbekiston va Rossiya rahbarlari özaro hamkorlikka doir boşqa qator masalalar va ayrim xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almaşdilar.












