Internet tarmoqlarida yangi yulduzça paydo böldi. Uning ismi Junior bölib, bolakay özining qalin soçlari tufayli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida maşhur bölib ketdi. U 9 hafta ilgari dunyoga kelgan. Bu haqida "L!FE" naşri ma'lum qildi. 

Bolakayning onasi Çelsining aytişiça, Junior dunyoga kelganida doyalar uning soçi qalinligini körib, hayratga tuşişgan. Hozir ham Juniorning soçlari juda tez ösmoqda.

 Manbaga köra, ona-bola hatto supermarketga tinç çiqib kela olişmaydi: bolakay barçaning diqqatini öziga jalb qiladi. 

Bu Junior bilan boğliq yagona qiyinçilik emas: Çelsi öğlini çömiltirganidan söng uning soçini fen bilan quritişiga töğri keladi. Bunday soçlarning tabiiy yöl bilan qurişiga esa juda uzoq vaqt ketadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu ajoyib bolakayni "ayiqça", deb ataşmoqda.