Yangi banknotalar. 200 va 2000 rubllik banknotalar dizaynida qaysi shaharlar tasviri paydo bo‘lishi aniqlab olindi

200 va 2000 rubllik yangi qog‘oz pullarda Sevastopol va Uzoq Sharqni bildiruvchi tasvirlar aks ettiriladigan bo‘ldi. Bu "Rossiya-1" telekanalida o‘tkazilgan yakuniy sms-ovoz berish yordamida aniqlab olindi. Avval o‘tkazilgan onlayn-ovoz berishda Sevastopol va Qozon yetakchilik qilayotgandi.
Onlayn-ovoz berish yakunlangandan keyin rossiyaliklarda "Rossiya-1" telekanali orqali jonli tarzda o‘tkazilgan sms-ovoz berish bilan ovoz berish natijalariga ta'sir qilish uchun oxirgi imkoniyat qolayotgan edi. Ovoz berish 7 oktabrda Moskva vaqti bilan soat 19:00da boshlanib, 20:00 da yakunlandi.
Shu bir soat ichida Vladivostok 3-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarilib, yetakchilar orasidan Qozonni chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.
Qog‘oz pullarda Sevastopol cho‘kib ketgan kemalarga bag‘ishlangan yodgorlik va Xersones Tavricheskiy, Uzoq Sharq esa "Vostochniy" kosmodromi va Russkiy oroliga o‘tkazilgan ko‘prik orqali taqdim qilinadi.
Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina bu joylardan qaysi biri qaysi kupyurada paydo bo‘lishi hozircha noaniqligini aytdi, biroq Vladivostok rossiyaliklarda "Mumiy Troll" guruhining "Vladivostok 2000" ashulasi sababli 2000 raqami bilan esga olinishini aytdi.
Markaziy bank yangi qog‘oz pullarni 2017 yilda chiqara boshlaydi. Qog‘oz pullarning yakuniy dizaynini 2017 yil apreligacha ishlab chiqishga va'da berilmoqda.
Sevastopol. Cho‘kib ketgan kemalarga bag‘ishlangan yodgorlik.
Sevastopol. Xersones Tavricheskiy
Vladivostok. "Vostochniy" kosmodromi
Vladivostok. Russkiy oroliga ko‘prik
Suratlar:journal.ru
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi
Jahon | 08:52
-
Isroil armiyasi Eron harbiy va yadroviy obektlariga keng ko‘lamli hujum boshladi - Tafsilotlar
Jahon | 08:25
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025