Rossiya Boş prokuraturasi 2005-yilda AQŞda taşkil etilgan Human Righs Foundation (HRF) faoliyatini Rossiya hududida «noma’qbul» deb topdi.
Prokuratura ma’lumotiga köra, qaror qabul qilinişiga sabablardan biri fondning Tyranny Tracker nomli interaktiv loyihasi bölgan. Uşbu xaritada davlatlarning demokratik qadriyatlarga sodiqlik darajasi baholanadi va unda Rossiya töliq avtoritar davlat sifatida belgilangan.
Şuningdek, Rossiya Boş prokuraturasi HRF Rossiya Qurolli kuçlarini «obrösizlantiruvçi» axborotlarni tarqatayotgani hamda avvalroq Rossiyada «noma’qbul» deb topilgan boşqa taşkilotlarni qöllab-quvvatlayotganini bildirgan.
Human Righs Foundation butun dunyoda inson huquqlarini himoya qiliş va ilgari suriş bilan şuğullanuvçi xalqaro notijorat taşkilot hisoblanadi.
2024-yildan buyon fondga rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya rahbarlik qilib kelmoqda. U mazkur lavozimda şaxmat böyiça jahon çempioni va muxolifatçi siyosatçi Garri Kasparovning örnini egallagan.

















